Rosenyor Palmer choqqida bo'lsa uni to'xtatib bo'lmaydi dedi

Rosenyor Palmer choqqida bo'lsa uni to'xtatib bo'lmaydi dedi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor yarim himoyachi Koul Palmerning o'yinini yuqori baholadi. 7 fevral kuni Palmer «Vulverhempton» darvozasiga uch gol urib, het-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan keyin Rosenyor Palmerning salohiyatini alohida ta'kidladi: «Biz Palmer jahon darajasidagi futbolchi ekanini bilamiz. U eng yaxshi formaga kirsa, uni to'xtatib bo'lmaydi», — dedi mutaxassis.

Koul Palmer 2023 yilda «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga 47 mln yevro evaziga o'tgandi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Palmerning bozor narxini 120 mln yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.