Yuventus Kenan Yildiz bilan yangi uzoq muddatli bitim tuzdi

Yuventus Kenan Yildiz bilan yangi uzoq muddatli bitim tuzdi

Turinning «Yuventus» klubi rasmiy saytida hujumkor yarim himoyachi Kenan Yildiz bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. 20 yoshli futbolchi «qari sinyora» bilan 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi kelishuv imzoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yildiz 2022 yilda «Bavariya» tizimidan «Yuventus» akademiyasiga kelib qo‘shilgandi. U turinliklarning asosiy jamoasi safida 115 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 25 gol urdi va 19 ta assist qayd etdi.

Shartnomaning uzaytirilishi futbolchi atrofidagi gap-so‘zlarga ham nuqta qo‘yishi kutilmoqda — avvalroq Yildiz nomi Yevropaning bir qator top klublari bilan bog‘langandi.

Hozirda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.