Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga g'alaba keltirdi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» bu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qayd etdi.

Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.