Udineze kolumbiyalik vinger Xuan Arisalani safiga qo'shib oldi

Udineze kolumbiyalik vinger Xuan Arisalani safiga qo'shib oldi

Italiyaning "Udineze" klubi tarkibini kuchaytirganini e'lon qildi. Jamoaga 20 yoshli kolumbiyalik vinger Xuan Arisala qo'shildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Arisala bungacha Medelinning "Independyente" klubida to'p surib, uch yil davomida 3 ta gol muallifiga aylangan. O'tgan yildan beri u Kolumbiya yoshlar terma jamoasiga ham jalb etib kelinmoqda.

Futbolchining aytishicha, boshqa variantlar bo'lsa-da, u "Udineze"ni tanlagan: bu yerda u taniydigan kolumbiyalik futbolchilar ham o'ynagan. Arisala aynan shu klubda o'z o'yinini yanada rivojlantirishiga ishonmoqda.

Hozirda "Udineze" A Seriyada 9-o'rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.