"Arsenal" Londonda "Sanderlend"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

Peshqadam \"Arsenal\" o‘z maydonida \"Sanderlend\"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin birinchi bo‘lim oxirida Martin Subimendining goli bilan ochildi. Ikkinchi bo‘limda esa Viktor Gokeresh maydonga tushib, dubl qayd etdi — biri 66-daqiqada, ikkinchisi esa qo‘shimcha daqiqalarda. Qisqasi, \"Arsenal\" bu kechada ham hisobni nazorat qildi, ham tempni tushirmadi.
Arsenal – Sanderlend 3:0
Gollar: Subimendi 42, Gokeresh 66, 90+4
Arsenal – Rayya, Timber, Saliba, Gabriel, Kalafiori (Inakpiye, 67), Rays, Subimendi, Xavers (Eze, 68), Madueke (Martinelli, 61), Trossar, Jezus (Gokeresh, 61).
Sanderlend – Rufs, Mukiele, Ballard, Alderete, Reinaldo, Hum, Le Fee, Sadiki, Talbi (Mundle, 64), Diarra, Brobbi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













