Andronov Bavariya Hoffenhaymni yirik hisobda yutishini kutmoqda

Andronov Bavariya Hoffenhaymni yirik hisobda yutishini kutmoqda

Germaniya Bundesligasining 21-turidagi markaziy uchrashuvda Myunxenning «Bavariya» jamoasi «Hoffenhaym»ni qabul qiladi. O‘yin haqida futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Andronovning ta’kidlashicha, «Bavariya» bu bahsda ustun kelishi kutilmoqda va hisob yirik ko‘rinish olishi ham mumkin — masalan, 5:1 yoki 5:2. Sharhlovchi tikish varianti sifatida «Bavariya» g‘alabasi va har ikki jamoa gol urishini tanlagan.

«Bavariya» — «Hoffenhaym» uchrashuvi 8-fevral, yakshanba kuni 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yin jarayonini matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Bahs oldidan mezbonlar turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi, mehmonlar esa uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.