Fransiyada Safonov PSJning katta o'yinida asosiy tarkibda kutilmoqda

Fransiyada Safonov PSJning katta o'yinida asosiy tarkibda kutilmoqda

RMC Sport jurnalistlari Fransiya chempionatining markaziy bahsi — PSJ va Marsel to'qnashuvi oldidan taxminiy tarkiblar haqida material e'lon qildi. Manbaga ko'ra, rossiyalik darvozabon Matvey Safonov uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Maqolada Safonovning so'nggi o'yinlardagi chiqishi yuqori baholangan. Xususan, u o'tgan hafta Strasburgga qarshi bahsda penalti qaytarib, yana e'tiborni o'ziga tortgani ta'kidlanadi va darvozabon Shyevalyedan biroz ustunlikka ega ekani qayd etiladi.

PSJ — Marsel uchrashuvi Liga 1 doirasida 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin jarayonini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.