Anfildda Liverpul muxlislari Mark Gehini hushtakbozlik bilan kutib oldi

Anfildda Liverpul muxlislari Mark Gehini hushtakbozlik bilan kutib oldi

Hozir ayni damda «Anfild» stadionida Angliya Premer-ligasining 25-tur uchrashuvi — «Liverpul» va «Manchester Siti» bahsi davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

BBC xabariga ko'ra, «shaharliklar» markaziy himoyachisi Mark Gehi mersisaydlik muxlislarning noroziligiga uchradi. Angliyalik futbolchi o'yinning ilk daqiqalaridayoq hushtakbozlik ostida qoldi.

Yozgi transfer oynasi paytida «Kristal Pelas»da to'p surgan Gehi uzoq vaqt «Liverpul» bilan bog'langan, biroq kelishuv amalga oshmagandi. Yanvarda esa himoyachi klubini o'zgartirib, «Manchester Siti» safiga qo'shildi.

«Liverpul» — «Manchester Siti» uchrashuvi tafsilotlarini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatib borish mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.