Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub xabariga ko‘ra, tibbiy ko‘rik natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar o‘rta guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safidagi debyutini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan, uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan. Jamoa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq futbolchi Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













