Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Hirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 78-daqiqada kiritildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba yo‘lladi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Olti turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan Slutskiy jamoasi turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. «Hirosima» esa 11 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.