Ronaldu o'ynmagan o'yinda Al-Nasr g'alabasiga munosabat bildirdi

Ronaldu o'ynmagan o'yinda Al-Nasr g'alabasiga munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, saudiyaliklar yetakchisiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni Al-Nasr guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda "Istiqlol" 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Natijada jamoa guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqich yo'llanmasini rasmiylashtirdi.

Uchrashuvdan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasrning pley-offga birinchi o'rindan chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emodzi — olov hamda qarsakni qo'shdi.

40 yoshli Ronaldu Al-Nasr bilan amaldagi shartnomaga ega, kelishuv 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston haqidagi soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.