Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiyi borasida qaror aytdi

Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiyi borasida qaror aytdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, sobiq «Milan» va «Chelsi» hujumchisi Andrey Shevchenko terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shevchenko UAF matbuot xizmati orqali Rebrovni almashtirish masalasi kun tartibida emasligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, Sergey Stanislavovich ishini xotirjam davom ettirishi mumkin.

Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

«Sariq-ko'klar» 2026 yilgi jahon chempionati saralash guruhida ikkinchi o'rinni egalladi va endi pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ukraina terma jamoasining ilk raqibi Shvetsiya bo'ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.