Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiyi borasida qarorini aytdi

Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiyi borasida qarorini aytdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, sobiq «Milan» va «Chelsi» hujumchisi Andrey Shevchenko milliy terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

UAF matbuot xizmati keltirgan so'zlarga ko'ra, Shevchenko Rebrovni almashtirish masalasi ko'rib chiqilmayotganini ta'kidlab, mutaxassis ishini xotirjam davom ettirishi mumkinligini aytdi.

Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan beri boshqarib kelmoqda.

«Sariq-ko'klar» JCh–2026 saralashidagi guruhda ikkinchi o'rinni egalladi va endi pley-off o'yinlarida maydonga chiqadi. Ukraina terma jamoasining ilk raqibi Shvetsiya bo'ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.