Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa intervyusidan lavhani "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitdan ham mamnunligini bildirib, buni tabassum bilan tasdiqladi.

Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shu paytgacha u jamoa tarkibida 13 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol muallifi bo'ldi.

Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.