Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda to'qnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finalida ishlatiladigan rasmiy to'pni namoyish qildi. To'p qoramtir ranglarda bezatilgan bo'lib, unda oq yulduzlar tasviri bor. Uni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda o'tkaziladi. «Quloqli» sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasida bo'lib o'tadi.

Hozirgi chempion — «PSJ». O'tgan finalda parijliklar «Inter»ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida zafar quchgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.