Naumov Mourinyoga Saudiya Arabistoni chempionatini tavsiya qildi

Naumov Mourinyoga Saudiya Arabistoni chempionatini tavsiya qildi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Zhoze Mourinyoning kelajagi haqida fikr bildirdi. U “Yevropa-Futbol.Ru”ga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassisga qaysi liga ko‘proq mos kelishini aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyoning eng kuchli davri ortda qolgan. Uning fikricha, murabbiy biroz tanaffus qilishi kerak, chunki u avvalgi kabi sirli, kutilmagan va o‘ziga xos uslub egasi bo‘lib ko‘rinmayapti.

Ekspert Mourinyoga eng maqbul yo‘l sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini tilga oldi: u yerda maoshlar yuqori, shov-shuvlarni yoqtirishadi va tajribali, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati borligini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Mourinyoning “Benfika”si Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.