Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining katta umidi dedi

Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining katta umidi dedi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytdagi eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — “Inter” hujumchisi Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffon yosh futbolchi yaqin kelajakda katta sahnada o‘zini ko‘rsatishiga ishonmoqda va u jahon chempionatidayoq porlashi mumkinligini ta’kidladi.

“Espozitoni shaxsan kuzatganman va u menda juda katta taassurot qoldirdi. U kamtar va professional, motivatsiyaga to‘la, doimo ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Men uni Italiya terma jamoasining jahon chempionati tarkibiga hech ikkilanmasdan olgan bo‘lardim”, — deya Buffonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” ayni paytda Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.