Buффon Pio Espozitoni Italiya terma jamoasining kelajagi deb bildi

Buффon Pio Espozitoni Italiya terma jamoasining kelajagi deb bildi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytdagi eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu nom milanlik “Inter” safida to‘p surayotgan Pio Espozitoga loyiq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffon yosh futbolchini shaxsan kuzatib borgani va Espozito unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. “U kamtar, professional, kuchli motivatsiyaga ega va maydonda doimo ishtiyoq bilan harakat qiladi. Men uni jahon chempionatiga Italiya terma jamoasi tarkibiga hech ikkilanmasdan olgan bo‘lardim”, — deya Buffonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi calcionapoli1926.it.

Eslatib o‘tamiz, hozirda “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.