Marsel bosh murabbiylik uchun yana bir nomzodni belgiladi

Marsel bosh murabbiylik uchun yana bir nomzodni belgiladi

Roberto De Dzerbining isteʼfosidan soʻng bosh murabbiysiz qolgan fransuzning «Marsel» klubi italiyalik mutaxassis oʻrniga yana bir variantni kun tartibiga chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Foot Mercato xabariga koʻra, Saudiya Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysau bilan bir qatorda, marselliklar Habib Beye nomzodini ham koʻrib chiqmoqda.

Beye avval «Renn»da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. 9 fevral kuni u soʻnggi toʻrtta uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalar sababli vazifasidan chetlatilgandi.

«Marsel» chempionat jadvalida 21 turdan keyin 39 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Uning yuqorisida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51) joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.