Trent Aleksander-Arnold Real asosiy tarkibiga qaytishga yaqin

Trent Aleksander-Arnold Real asosiy tarkibiga qaytishga yaqin

Madridning “Real” klubida o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yaqin kunlarda yana jamoaning start tarkibidan joy olishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi dekabr boshidan beri bezovta qilgan jarohatini to‘liq davolab, safga qaytdi. O‘tgan yakshanba u ikki oylik tanaffusdan keyin ilk bor maydonga tushdi — La Liga doirasidagi “Valensiya”ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Marca xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi “Benfika”ga qarshi ilk o‘tish uchrashuvida Trentni birinchi daqiqalardan maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

“Qirollik klubi” 17-fevral kuni Lissabonda mehmon bo‘ladi, sakkiz kundan so‘ng esa javob uchrashuvi Madridda o‘tkaziladi.

“Real”ning navbatdagi o‘yini 14-fevralga belgilangan — raqib “Real Sosyedad”.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.