Ronalduning qizi bilan zalda mashg'ulot o‘tkazgani aks etdi

Ronalduning qizi bilan zalda mashg'ulot o‘tkazgani aks etdi

Krishtianu Ronalduining jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Unda yulduz hujumchi sport zalida gantel bilan shug‘ullanayotgani ko‘rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kadrda 41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor. Qizi ham qo‘lida gantel ushlagan, biroq u kichik, pushti rangli og‘irliklardan foydalangan.

Suratga Jorjina qisqa izoh qoldirdi: “Dada”.

Avvalroq Rodriges Ronalduini tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan edi. Qiziq tomoni, tabrik posti futbolchining 41 yoshga to‘lgan kunidan keyingi kunda e’lon qilingan.

Shuningdek, Ronaldu “Al-Nasr”ning so‘nggi bir nechta uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. OAVda esa portugaliyalik hujumchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sabab o‘yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.