Djikiya Antalyaspor tarkibidagi ahvoli haqida gapirdi

Djikiya Antalyaspor tarkibidagi ahvoli haqida gapirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi "FNL s Ilyovym" telegram-kanalida e'lon qilingan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Keyinroq Turkiyadagi sharoitlar ko'nglidagidekmi, degan savolga ham tabassum bilan "hammasi yoqadi" deya javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, Djikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo'ldi.

Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.