Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval “Barselona” safida ham to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgadoga va Rikelmega transferlar hamda jamoani yangilash yo'nalishida muhim vazifalar yuklanadi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng sermahsul to'purariga aylangan — “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirda eng ko'p gol urgan futbolchilar qatorida bo'lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.