Sanderlend mavsumdagi ilk uy mag'lubiyatini qabul qildi

Angliya chempionatining 26-turida «Sanderlend» o'z maydonida «Liverpul»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa «mushuklar» joriy mavsumda uyda ilk bor mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu «Sanderlend» uchun o'z stadionidagi 13-uchrashuvda ilk yutqazish bo'ldi. Klub APLga yangi chiqqan jamoalar orasida uy maydonidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriyalardan birini qayd etgan edi.
Biroq mutlaq rekord hanuz «Nottingem Forest»ga tegishli: 1978/1979 mavsumida oliy ligada debyut qilgan jamoa uyda 21 o'yin davomida biror marta ham yutqazmagan. «Sanderlend» bu ko'rsatkichni endi ortda qoldira olmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













