Gudelj hakamlardan Sevilyaga nisbatan ko'proq hurmat so'radi

Gudelj hakamlardan Sevilyaga nisbatan ko'proq hurmat so'radi

«Sevilya» sardori Nemanya Gudelj jamoaning bu mavsumdagi omadsiz natijalari fonida hakamlar ishiga e'tibor qaratdi. U ayrim bahsli qarorlar klub foydasiga emas, aksincha, zarariga ishlayotganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gudeljning aytishicha, u vaziyat uchun hakamlarni to'liq ayblash niyatida emas, biroq mavsum davomida «Sevilya»ga qarshi talqin qilingan shubhali epizodlar haddan tashqari ko'p bo'lgan. Sardor referilardan qaror qabul qilishda yanada sinchkov bo'lishni va klubga nisbatan ko'proq hurmat ko'rsatishni so'radi, deya uning so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda «Sevilya» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.