Piter Krauch Arsenal uchun bu mavsum imkoniyat katta dedi

Piter Krauch Arsenal uchun bu mavsum imkoniyat katta dedi

Angliya Premer-ligasida so‘nggi yillarda tez-tez takrorlangan manzara bor: “Arsenal” mavsumning ikkinchi qismida peshqadamlikni qo‘lga oladi, biroq yakunda chempionlikni boy berib qo‘yadi. Sobiq ingliz hujumchisi Piter Krauch bu ssenariy yana takrorlanishi shart emasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Krauch fikricha, Mikel Arteta jamoasi yil sayin tajriba to‘plamoqda va tarkib ham ancha pishiq. Eng muhim omil esa raqiblarning hozirgi holati: ularning aksariyati inqirozda va avvalgidek barqaror ko‘rinmayapti. Bu holat “Manchester Siti”ga ham taalluqli, deya ta’kidladi u. Shuning uchun “Arsenal”da ayni paytda chempionlik uchun real imkoniyat bor.

“Arsenal” Angliya chempionligini oxirgi bor 2004 yilda qo‘lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.