Aldo Serena Milan skudetto uchun oxirigacha kurashadi deydi

Aldo Serena Milan skudetto uchun oxirigacha kurashadi deydi

Italiyaning “Inter” klubida hujumchi sifatida to‘p surgan Aldo Serena joriy mavsumda “Inter”ning asosiy raqibi sanalayotgan “Milan” haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Massimiliano Allegri jamoasi hozircha 5 ochko ortda qolayotganiga qaramay, chempionlik poygasini so‘nggi turgacha tark etmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena “Inter”ning Yevropa Chempionlar ligasidagi o‘yinlari katta kuch va energiya talab qilishini ham muhim omil sifatida ko‘rsatdi. “Milan” chempionlik uchun kurashda qolmoqda, hatto men ularni poygada favorit sifatida ham ko‘ryapman”, — deya uning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Mart oyi boshida “Milan” va “Inter” o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi. Milan derbisi 8-mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.