Al-Hilol Darvin Nunes o'rniga Benzemani ro'yxatga kiritdi

Al-Hilol Darvin Nunes o'rniga Benzemani ro'yxatga kiritdi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy liga uchun arizadan chiqarib, o'rniga klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun «Al-Hilol»ning qaydnomasida qoldi.

Ma'lumot uchun, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan Urugvay terma jamoasiga muntazam chaqiriladi, hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.