Ryerson uch assist berdi Borussiya Mayntsni yanchdi

Ryerson uch assist berdi Borussiya Mayntsni yanchdi

Germaniya chempionatining 22-turi Dortmundning «Borussiya»si va «Maynts» uchrashuvi bilan boshlandi. «Shmelilar» ilk daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga olib, raqib darvozasiga tezda yo'l topdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

10-daqiqada Yulian Ryersonning uzatmasidan so'ng Seru Girassi bosh bilan hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, Ryersonning navbatdagi uzatmasini Maksimilian Bayer golga aylantirdi — 2:0. Tanaffus arafasida esa yana Ryerson–Girassi tandemi ishladi va hujumchi dublni rasmiylashtirib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo'limda «Maynts» posboni bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi: avval Feliks Nmechaning xavfli zarbasini qaytardi, keyin burchakdan keyingi Sheraldo Bekerning urinishida ham hushyorlikni yo'qotmadi. Biroq 84-daqiqada Ryerson yana burchak to'pini aniq oshirdi, yakunda Dominik Kor to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi — 4:0.

Yirik g'alabadan so'ng «Borussiya» peshqadam «Bavariya»dan atigi uch ochko ortda qoldi. «Maynts» esa turnir jadvalining quyi qismida, oxiridan beshinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.