Ronalduning keyingi o'yinga qatnashishi bo'yicha qarori aniq

Ronalduning keyingi o'yinga qatnashishi bo'yicha qarori aniq

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi so'nggi ikki o'yinda ishtirok etmagan edi, biroq endi maydonga qaytish bo'yicha yakuniy qaror qabul qildi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yulduz futbolchi shanba kuni "Al-Fateh"ga qarshi bahsda o'ynashga tayyor. Ronaldu jamoa bilan birga o'yin bo'lib o'tadigan El-Hasaga allaqachon yetib borgan.

Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda "Al-Nasr" Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.