Nunes arab chempionati ro'yxatidan chiqarildi, o'rniga Benzema kiritildi

Nunes arab chempionati ro'yxatidan chiqarildi, o'rniga Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi ro'yxatni qayta ko'rib chiqib, klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani chempionat uchun arizaga kiritish maqsadida Nunesni undan chiqarib tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomada qoldirildi va qit'a miqyosidagi bahslarda «Al-Hilol»ga yordam berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Nunes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida o'ynagan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etiladi, hozirga qadar milliy jamoa safida 13 ta gol urgan va 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.