Tottenhem Tudor tayinlovini rasman izohladi

Tottenhem Tudor tayinlovini rasman izohladi

Igor Tudor «Tottenhem» bosh murabbiyi etib tayinlandi. London klubi xorvatiyalik mutaxassis bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha moʻljallangan shartnoma tuzilganini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Shporlar» sport direktori Yoxan Lange yangi murabbiy tanlovi yuzasidan fikr bildirib, Tudor jamoaga aniq tizim, yuqori intensivlik va bosim kuchli bo‘lgan vaziyatlarda natija olish tajribasini olib kirishini ta’kidladi.

Klub maqsadi ham ochiq: o‘yin barqarorligini tiklash, tarkibdagi sifatdan maksimal foydalanish va Angliya Premer-ligasi hamda Chempionlar ligasida jiddiy kurash olib borish.

Ayni paytda «Tottenhem» Premer-ligada 16-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish zonasidan atigi besh ochko bilan oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.