Per Saj Lans peshqadamligi haqida bosqichma-bosqich yondashuvni aytdi

Per Saj Lans peshqadamligi haqida bosqichma-bosqich yondashuvni aytdi

"Lans" bosh murabbiyi Pyer Saj chempionlik poygasi borasida navbatdagi fikrlarini bildirdi. "PSJ"ning ochko yo‘qotishi va jamoasining "Parij" ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasidan so‘ng, "Lans" Fransiya chempionati turnir jadvalida yetakchilikka chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis peshqadamlik va katta hisobdagi g‘alabadan mamnunligini yashirmadi, biroq chempionlik haqida oshkora gapirishdan ataylab tiyilayotganini ta’kidladi.

"Hozir bizda aniq va ochiq e’lon qilingan ambitsiyalar bor, eng muhimi — ular amalga oshadigan maqsadlar. Futbolchilar maqsadga erishish uchun qaysi bosqichlardan o‘tish kerakligini yaxshi bilishadi. Biz bosqichma-bosqich oldinga yuramiz. Birinchi bosqich allaqachon bajarildi", — deya Sajning so‘zlarini keltiradi Le Parisien.

Saj jamoa ichida vaziyat xotirjam ekanini, futbolchilar esa diqqatni yo‘qotmayotganini ham qayd etdi.

"Ular hamma narsa bosqichma-bosqich — jiddiy yondashuv, fidoyilik va qat’iyat orqali qo‘lga kiritilishini tushunishadi. Biz muvaffaqiyatsizroq kunlar ham bo‘lishini bilamiz. Shunday bo‘lsa-da, keyingi Chempionlar ligasiga chiqish uchun baribir g‘alaba qozonishimiz kerak", — dedi murabbiy.

Hozirda "Lans" hisobida 52 ochko bor, "PSJ" esa bir ochko kam jamg‘argan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.