Gradilenko «Napoli» va «Roma» uchrashuvi uchun taxmin bildirdi

Gradilenko «Napoli» va «Roma» uchrashuvi uchun taxmin bildirdi

Italiya A Seriyasining 25-turida poytaxt klubi «Roma» safarda «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi. Moskvaning «Spartak» jamoasida to'p surgan sobiq futbolchi Dmitriy Gradilenko bahs oldidan o'z fikrlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gradilenkoning ta'kidlashicha, mezbonlarning hujumdagi muammolari va mehmonlarning himoyadagi ishonchli o'yinini inobatga olsak, uchrashuv ehtiyotkor start olishi kutiladi. Uning prognoziga ko'ra, birinchi bo'lim golsiz yakunlanadi — 0:0.

«Napoli» — «Roma» uchrashuvi bugun, 15-fevral kuni Neapoldagi stadionda o‘tkaziladi. Bellashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin oldidan «Napoli» A Seriya jadvalida uchinchi, «Roma» esa to'rtinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.