Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif qilinishi mumkin

Futbol olamida nom qoldirgan Andres Inyesta yana ish taklifi olishi mumkin. BBC Glasgow Times nashriga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli mutaxassisni Marokash terma jamoasi o‘z safiga chorlamoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Inyestaga milliy jamoada texnik direktor lavozimi taklif etilishi ehtimoli bor.
Yozda Marokash terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “Atlas sherlar”i Braziliya, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi jahon chempionatida Marokash 4-o‘rinni egallagan: yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













