Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Boka Huniors» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda va Delgado hamda Rikelme oldida transferlar bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 o‘yinda maydonga tushgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.