Kataloniya prezidenti: Bartomeu menga «Barselona» so‘nggi daqiqalarda gol urishini aytgandi

Kataloniya prezidenti: Bartomeu menga «Barselona» so‘nggi daqiqalarda gol urishini aytgandi
Kataloniya prezidenti: Bartomeu menga «Barselona» so‘nggi daqiqalarda gol urishini aytgandi

Kataloniya shahri prezidenti Karles Pujmont \"Barselona\" PSJ uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, \"Barselona\" prezidenti Xosep Bartomeu kataloniyaliklar oxirgi uchta golni o‘yinning so‘nggi 10-daqiqalarida kiritishini avvaldan bilgan.

\"Xosep Bartomeu bilan o‘yinga qadar suhbatlashgandim. U menga \"Barselona\" so‘nggi daqiqalarda PSJ darvozasiga uchta gol urishini aytgandi.

Bartomeu ushbu gollar o‘yinning so‘nggi 10-daqiqasida amalga oshishini ham takidlagandi. Uning so‘zlari xato bo‘lmaganiga ishonch hosil qildim. Bartomeu haqiqiy faylasuf\", – deydi Pujmont Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, \"Barselona\" kechagi o‘yinda tarixda sodir etilmagan kambekni amalga oshirib, EChL musobaqasining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.