Simeone Oblak tanqidiga munosabat bildirdi va javob qaytardi

Madridning «Atletiko» jamoasi «Rayo Valyekano»ga 0:3 hisobida yutqazganidan so‘ng darvozabon Yan Oblak bosh murabbiy Diyego Simeonening qarorlarini tanqid qildi. Sloveniya vakili Simeone ushbu uchrashuvga kuchli tarkibni tushirmagani va uni nisbatan oson o‘yin sifatida ko‘rgani haqida fikr bildirgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oradan ko‘p o‘tmay argentinalik mutaxassis bu gaplarga javob berdi. «Men u bilan rozi emasman. Biz qaysi o‘yinda harakat qilish, qaysisida esa to‘xtab turishni tanlamaymiz. Shunchaki uchrashuvni yomon o‘tkazdik, “Rayo” bizdan yaxshiroq o‘ynadi», — deya Simeonening so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Hozirda «Atletiko» Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













