Simeone Oblak tanqidiga javob qaytardi va rad etdi

Madridning «Atletiko» jamoasi «Rayo Valyekano»dan 0:3 hisobida yengilgach, sloveniya darvozaboni Yan Oblak bosh murabbiy Diyego Simeonening qarorlarini tanqid ostiga oldi. Oblak fikricha, argentinalik mutaxassis oson o‘tadi deb baholangan uchrashuvda eng kuchli tarkibni maydonga tushirmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Simeone darvozabonining gaplariga munosabat bildirdi. «Men u bilan rozi emasman. Qaysi o‘yinda o‘ynash, qaysisida “turib berish”ni tanlamaymiz. Biz uchrashuvni shunchaki yomon o‘tkazdik, “Rayo” esa bizdan yaxshiroq o‘ynadi», — deya Simeone so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Hozirda «Atletiko» Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













