Garcia Barselona mag‘lubiyatidan keyin o‘yin haqida fikr bildirdi

Garcia Barselona mag‘lubiyatidan keyin o‘yin haqida fikr bildirdi

Ispaniya chempionatining 24-turida kataloniyalik “Barselona” safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” darvozaboni Joan Garsia o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garsia asosiy vazifasi gol o‘tkazmaslik ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu safar darvoza tomon yo‘llangan zarbalar soni kutilganidan ko‘p bo‘lgan, biroq jamoa yutqazgan pallada u amalga oshirgan seyvlar ham katta ahamiyat kasb etmaydi.

Shuningdek, posbon “Barselona” o‘yinini yaxshilashi shartligini qayd etdi: jamoa raqiblarga juda ko‘p imkoniyat taqdim etmoqda va bu jihat ustida albatta ishlash kerak. Marca nashri futbolchining so‘zlarini keltirdi.

Mag‘lubiyatdan keyin Hans-Diter Flik qo‘l ostidagi jamoa turnir jadvalida peshqadam madridlik “Real”dan ikki ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.