Manchester Yunayted transfer bozorida yangi yo‘nalish tanladi

Manchester Yunayted yozgi transfer oynasidagi ishlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishni belgilab oldi. The Touchline xabariga ko‘ra, klub bu safar Angliya Premyer-ligasida allaqachon o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarni tarkibga qo‘shishga e’tibor qaratadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada ta’kidlanishicha, klub rahbariyati Brayan Mbeumo va Mateus Kunyaning misolidan mamnun. Ular Brentford va Vulverhemptonda yorqin o‘yin namoyish etgach, Manchester Yunayted tomonidan olib kelingani bu strategiyaning to‘g‘riligini ko‘rsatgan.
Hozirda Manchester Yunayted Premyer-liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Maykl Karrik jamoasi navbatdagi uchrashuvini 23-fevral kuni safarda Evertonga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













