Ikardi «E'yupspor»ga uch gol urib, tarixiy rekord qayd etdi

Ikardi «E'yupspor»ga uch gol urib, tarixiy rekord qayd etdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida «Galatasaray» «E'yupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u xet-trik qayd etib, Istanbul klubining yangi rekordini o'rnatdi. Natijada Ikardi «Galatasaray» tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi.

Ikardi bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Georgi Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bor edi, Mauro esa endi 76 gol bilan peshqadam. Klubning umumiy to'purarlari ro'yxatida esa argentinalik futbolchi yettinchi pog'onani egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaray» safida to'p surmoqda. U bundan avval Fransiyaning «PSJ» klubida o'ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.