Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray tarixiga kirdi

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida "Galatasaray" "Eyupspor"ni yirik hisobda taslim etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi ushbu o'yinda uchta gol urib, klubning yangi rekordini o'rnatdi. U "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legioner sifatida qayd etildi.

Ikardi ushbu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 ta gol bor edi, Mauro esa endi 76 ta golga ega. Klubning umumiy to'purarlar ro'yxatida argentinalik futbolchi hozircha yettinchi o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon "Galatasaray" safida to'p surmoqda. U bunga qadar "PSJ" sharafini himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.