Arsenal jarohatlarga moyil himoyachisini sotishni ko'rib chiqmoqda

Arsenal jarohatlarga moyil himoyachisini sotishni ko'rib chiqmoqda

Londonning «Arsenal» klubi himoyachi Rikardo Kalafyorini mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Football Insider xabariga ko'ra, klub rahbariyati italiyalik futbolchining tinimsiz jarohat olishidan xavotirda va shu bois uni sotish variantini ko'rib chiqmoqda. 23 yoshli futbolchi yaqinda navbatdagi jarohatidan forig' bo'lib, Angliya Kubogida «Uigan»ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor edi, biroq o'yinoldi qizish paytida yana shikast oldi.

«Arsenal» Kalafyorini 2024 yil yozida Italiyaning «Bolonya» klubidan 45 mln yevroga sotib olgandi. Transfermarkt portali futbolchining hozirgi transfer qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.