Osimhen Juventus ustidan g'alabani juda jo'shqin nishonladi

Turkiyaning Galatasaray klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda Turinning Juventus jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi. Istanbul vakillari raqib darvozasiga besh gol urib, o'z darvozasidan atigi ikki to'p o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Viktor Osimhen eng faol futbolchilardan biri bo'ldi: u nafaqat gol urdi, balki jamoadoshlariga golli paslar bilan ham yordam berdi.
O'yindan keyin sobiq Napoli hujumchisi hissiyotlarga berilib ketdi — stadionning ichki yo'lagida quvonch ustida kichik tartibsizlik qilib, yoritgichlardan birini sindirib qo'ydi. Shunga qaramay, yetkazilgan zarar klub tomonidan qoplangan.
Javob uchrashuvi bir haftadan so'ng Turin maydonida bo'lib o'tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













