Ronaldu Yevropa grandlariga taklif qilinmoqda va qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu Yevropa grandlariga taklif qilinmoqda va qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni yumshatib, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning top-klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shish variantini taklif qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyingi kelishmovchiliklar fonida Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozlari qatorida ko'rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.