Saudiya Arabistonida fojia Al-Qadisiya futbolchisi vafot etdi

Saudiya Arabistonida fojia Al-Qadisiya futbolchisi vafot etdi

Saudiya futbolida qayg‘uli xabar: “Al-Qadisiya” safida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqida Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, marhum xotirasiga bag‘ishlangan nekrologni e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Al-Qadisiya” Saudiya Arabistoni futbolining kuch jihatdan ikkinchi ligasida ishtirok etadi va hozirda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa safida italiyalik Mateo Retegi ham bor, u avval “Atalanta” sharafini himoya qilgan. Yosh futbolchining o‘limi sabablari hozircha rasman oshkor etilmadi, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.