Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Rahbariyat jamoani tez fursatda kuchaytirish zarurligini ham yashirmayapti va endi bu masala aynan ushbu tandem zimmasiga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng ko‘p gol urgan futbolchisi sifatida qayd etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













