Iturralde Valverde va Dal bilan epizodni qizil deb baholadi

Iturralde Valverde va Dal bilan epizodni qizil deb baholadi

FIFA toifasidagi sobiq hakam Iturralde Gonsales «Benfika»ning UEFAga yo‘llagan hakamlik borasidagi e’tiroziga munosabat bildirdi. Chempionlar ligasi pley-offidagi «Real»ga qarshi o‘yinda 82-daqiqada Federiko Valverde Samuel Dalga zarba bergan vaziyatda hakam madridlik yarimhimoyachini maydondan chetlatmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Iturraldening ta’kidlashicha, bu epizod qizil kartochkaga tortardi. «Bu qizil kartochka. U hech qanday sababsiz zarba berdi. Valverdeni maydondan haydash kerak edi, hatto raqibiga to‘liq tekkizmagan bo‘lsa ham», — deya sobiq arbitrning so‘zlarini AS nashri keltirdi.

«Benfika» — «Real» uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi, yagona golga Vinisius Junior mualliflik qildi. Javob bahsi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.