Barselona 16 yoshli vinger Ajay Tavaresni qo'lga kiritdi

Barselona 16 yoshli vinger Ajay Tavaresni qo'lga kiritdi

«Barselona» 16 yoshli qanot hujumchisi Ajay Tavares bilan shartnoma tuzish bo'yicha kelishuvga erishdi. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «Norvich» tarbiyalanuvchisi yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar safiga kelib qo'shiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yosh futbolchiga Germaniyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirgan, biroq Tavares tanlovni «ko'k-anorranglilar» foydasiga qilgan.

Tavares hozircha «Norvich»ning yoshlar jamoasida to'p surmoqda va asosiy tarkibda hali debyut qilmagan. Joriy mavsumda u 11 uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd eta olmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.